Seal Flag Anthem

Toshkentdagi Prezident maktabi haqida

image_pdfimage_print

Toshkentda O‘zbekistondagi ilk Prezident maktabi ishga tushdi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, 168 o‘ringa mo‘ljallangan maktab binosi va yotoqxona, 15 o‘rinli o‘qituvchilar mehmonxonasi qurilgan. Maktabga bu yil 5—10-sinflar uchun jami 144 nafar o‘quvchi qabul qilingan. Ularga dars berish uchun 30 nafar chet ellik mutaxassis tanlab olingan, 72 nafar mahalliy o‘qituvchi jalb qilingan.

Ma’lumot uchun, Prezident maktablari 2019-yilda Nukus, Xiva va Namangan shaharlarida ham ochiladi. 2020-yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida, 2021-yilda Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qurilishi rejalashtirilgan.

  • Views:

    (6)

[OK]

© 2016-2019. When using the site materials reference to is required www.samgasn.uz. Attention! If You find a mistake in the text, select it and press Ctrl+Enter to notify the administration