Gerb Bayroq Madhiya

Kunlik arxiv: +0000`69bUTCk2023-03-11T10:30:32+00:0010am

image_pdfimage_print

#MUNOSABAT “Samarkand & Самаркандцы” kanalida Rudakiy ko‘chasida qurilayotgan binoni oldidagi piyodalar uchun yo‘lakda profnastil odamlarga xavf solayotganligi to‘g‘risida videolavha e‘lon qilindi.

(https://t.me/Samarkand100/106032) Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlarga ko‘ra, profnastil joriy yilning 8-mart kuni shamol natijasida joyidan siljib, yiqilgan.

Bugungi kunda “Sam maxsus expert” MChJ tomonidan mazkur profnastil joyiga mustahkam qilib qayta o‘rnatildi va piyodalar yo‘lagidagi to‘siqlar bartaraf etildi.